Exness iqtisodiy taqvim

Iqtisodiy taqvimimiz yordamida yuqori taʼsirli yangiliklar, asosiy bozorga oid iqtisodiy voqealar va maʼlumotlar relizlarini kuzating. Moliya bozorlaridagi voqealardan xabardor boʻlish uchun qulay investitsiya taqvimimizga muntazam eʼtibor qarating.

Vaqt

Belgi

Hodisa

Savdolaringizni Exness iqtisodiy taqvimi bilan rejalashtiring

Iqtisodiy taqvim haqida

Iqtisodiy taqvim – bu treyderlarga bozorga oid voqealarni kuzatish va tahlil qilish hamda keyingi narx oʻzgarishlarini taxmin qilishda yordam beruvchi vosita. Unda sana boʻyicha davriy ketma-ketlikda dunyodagi boʻlajak milliy va xalqaro yangiliklar belgilangan.

Bunday asosiy voqealar moliya bozorlariga yuqori taʼsir koʻrsatishi mumkin va odatda hisobotlarda e’lon qilinadi yoki nashr etiladi. Bunday voqealarga pul-kredit siyosati qarorlari, iqtisodiy koʻrsatkichlar, yalpi ichki mahsulot (YAIM) eʼlonlari, noagrar sohadagi bandlik (NFP) raqamlari, foiz stavkalariga oid qarorlar va boshqalar kiradi.

Taʼsir qilishi mumkin boʻlgan vaqt va instrumentlar haqida xabardor qilish uchun kelgusi voqealar, yangiliklar va maʼlumotlar relizlari chiqishidan oldin treyderlarni ogohlantiramiz. Bu bildirishnomalarni savdo platformangizdagi "Pochta qutisi" varagʻi ostida topishingiz mumkin. Iqtisodiy yangiliklar va koʻrsatkichlarning taʼsiri har bir instrument uchun farq qilishi mumkinligini unutmang.


Nega Iqtisodiy taqvimdan foydalanishingiz kerak

Agar kelgusi yangiliklar, hisobotlar va eʼlonlarni bir lahzada kuzatishni istasangiz, Iqtisodiy taqvim juda zarur.

Voqealar foreks valyuta juftliklari, aksiyalar va boshqa bozorlarning volatilligiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Shunga treyderlar odatda savdolarini rejalashtirish va voqealarga taʼsir koʻrsatuvchi grafik dinamikalari va indikatorlardan xabardor boʻlish uchun taqvimdan foydalanadi.

Voqealar nashr etilgan davrda narxlar harakatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkinligi sababli, savdo kunidan oldin taqvimga qarash maqsadga muvofiqdir.

Nega Exness

Bozordan ustun shartlar, noyob funksiyalar va ilg‘or xavfsizlik bularning barchasi ochiqlik va mukammal xizmat bilan uyg‘unlashib, treyderlarning Exness’ni tanlashiga asos bo‘lmoqda.

Eng tezkor yechib olishlar

Mablagʻlaringizni nazorat qiling. Shunchaki oʻzingizga qulay toʻlov usulini tanlang va yechib olish soʻrovini yuboring. Toʻlov usuliga koʻra 98% yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi.¹

Juda tezkor ijro vaqti

Yuqori taʼsirli yangiliklar davrida 4 barobar barqaror boʻlgan spredlar bilan bozorlarda eng aniq ijroni oling.

Stop Out himoyasi

Volatillikni ustunlik bilan savdo qiling. Maxsus Stop Out Himoyasi funksiyasi bilan oʻzgaruvchan bozorlarda stop out'larni kechiktiring yoki oldini oling.

Tez-tez beriladigan savollar


Iqtisodiy taqvim milliy va xalqaro iqtisodiyot hamda siyosatning asosiy voqealarini ajratib koʻrsatadi, bu esa savdo instrumentlarini narx harakatlariga yuqori taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Avtomatik yangilanadigan bu investitsiya taqvimi treyderlarga savdolariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boʻlajak voqealardan xabardor boʻlish imkonini beradi.


Bu investitsiya taqvimidagi voqealar bozor volatilligining asosiy omillari boʻlib, odatda rejalashtirilgan relizlar va hisobotlardir, masalan:

  • Iste’mol narxlari indeksi (INI)
  • Ishsizlik darajasi
  • YaIM eʼlonlari
  • Markaziy banklarning foiz stavkasiga oid qarori
  • Noagrar sohasidagi bandlik (NFP) maʼlumotlari

Investitsiya taqvimimizda moliyaviy instrumentlar harakatlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boʻlajak voqealar roʻyxati keltirilgan. Shunga treyderlar butun dunyo mamlakatlaridagi eng oxirgi yangiliklar va voqealardan xabardor boʻlish uchun taqvimdan foydalanishni muhim deb hisoblaydi.

Bu voqealar odatda rejalashtirilgan va taxmin qilinadigan boʻlib, treyderlarga ularning instrumentlarga ehtimoliy taʼsirini bilish imkonini beradi. Ulardan savdo salohiyati va imkoniyatlarini maksimallashtirish uchun indikator sifatida ham foydalanishlari mumkin.

Iqtisodiy taqvim fundamental tahlil orqali savdo qiluvchi treyderlar uchun juda muhim hisoblanadi. Ammo, barcha treyderlarga ham bozorning yuqori volatilligini diqqat bilan kuzatish va kutilmagan voqealardan saqlanish uchun bir xil darajada muhimdir.


Bu investitsiya taqvimining koʻrinishini “Belgilar” pastga ochiluvchi roʻyxatidan bir nechta savdo instrumentlarini tanlash orqali sozlashingiz mumkin.

Qayd etish kerakki, taqvimdagi savdo instrumentlari soni dinamik oʻzgaruvchan boʻlib, boʻlajak voqealar va yangiliklar soniga bogʻliq.


Istagan instrumentlaringizni tanlaganingizdan keyin taqvimda koʻrsatilgan voqealar roʻyxatini koʻrasiz.

Jadvalda ikkita asosiy ko‘rsatkich mavjud boʻlib, ular “Amaldagi” va “Bashorat” sonlaridir. Ikki son orasidagi sezilarli farq tegishli savdo instrumentlari grafigida biroz volatillik mavjud boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Umuman olganda, voqeadan 15 daqiqa oldin volatillik koʻtariladi va voqeadan 15 daqiqa keyin pasayadi.


Iqtisodiy taqvimda keltirilgan axborot treyderlar va investorlar uchun ancha ishonchli hisoblanadi, chunki unda kutilayotgan bozor harakati voqealari va rasmiy iqtisodiy relizlar jamlanadi. Bu investitsiya taqvimi oʻz portfelini boshqarishda asosli qarorlar qabul qilmoqchi boʻlganlar uchun juda muhim. Biroq, bu voqealarning bozorlarga haqiqiy taʼsiri turlicha boʻlishi mumkin va ehtiyotkorlik bilan talqin qilinishi kerak.


Ha, pastga ochiladigan roʻyxatdan istagan savdo instrumentlaringizni tanlab, iqtisodiy taqvimni sozlashingiz mumkin. Investitsiya taqvimini bozor manfaatlaringizga eng muvofiq voqealar va eʼlonlarni ajratib koʻrsatishi uchun moslashtirishingiz mumkin. Bu moslashtirish sizga muhim iqtisodiy indikatorlar, YAIM eʼlonlari va savdo qilayotgan moliyaviy instrumentlaringizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa asosiy voqealarga diqqat qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy taqvim dinamik hamda boʻlajak bozor yangiliklariga asosan koʻrsatiladigan instrumentlar sonini oʻzgartiradi.


Savdo qilish usulingizni yangilang

Nima uchun Exness 1,000,000 dan ortiq treyderlar va 100,000 hamkorlar tanlagan broker ekanligini o'zingiz ko'ring.

  1. Exness'da 98% yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi. Qayta ishlash vaqti tanlangan toʻlov usuliga koʻra farq qilishi mumkin.