MetaTrader 5 (MT5)
Sevimli savdo instrumentlaringizda MetaTrader 5'dan foydalanib CFD savdo qiling. Valyuta juftliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar CFD savdosi uchun kuchli platforma bo'lgan MetaTrader 5'ni Exness'da bepul yuklab olish mumkin.

Kuchli ko‘p aktivli platforma
MetaTrader platformalarining beshinchi avlodi bo‘lgan MetaTrader 5 o‘zidan oldingi versiyaga qaraganda kengaytirilgan funksiyalar va xususiyatlarni taqdim etadi va qisqa fursatda dunyodagi onlayn foreks treyderlari va brokerlik xizmatlari orasida eng mashhur savdo platformalaridan biriga aylandi.
MetaTrader 5'dan foydalanish
Fundamental va texnik tahlil, savdo signallari, algoritmik savdo - ushbu savdo platformasi savdo tajribasini oshiradigan vositalar arsenali bilan ta’minlangan. Platforma shuningdek, treyderlarni bozor yangiliklari bilan doimo xabardor qilib turish uchun eng so‘nggi moliyaviy yangiliklarni uzatadi.
MetaTrader 5’dagi savdo signallari va kopitreyding imkoniyatlari yordamida treyderlar muvaffaqiyatli treyderlarning signallariga ergashishlari va ularning savdo strategiyalari va orderlarini nusxalashlari mumkin, bunda ularning savdolari hisobingizda avtomatik ravishda takrorlanadi.
MetaEditor
MetaTrader 5’da savdo robotlari va texnik indikatorlarni maxsus MetaEditor vositasi orqali ishlab chiqishingiz mumkin. Ushbu vosita platforma bilan ulanganligi sababli, yangi dasturlar avtomatik ravishda MetaTrader 5’da paydo bo‘ladi va darhol ijro etilishi mumkin.
Xedjlash tizimi
Exness bilan MetaTrader 5’da xedjlash rejimida savdo qilish tajribasiga ega bo‘lishingiz mumkin. Xedjlash sizga savdo instrumenti bo‘yicha bir nechta, hatto qarama-qarshi pozitsiyalarni ochishga imkon beradi.
Fundamental tahlil
MetaTrader 5’dagi fundamental tahlil vositalari, masalan, ichki iqtisodiy kalendar yordamida bozor imkoniyatlarini qo‘lga kiriting. Eng so‘nggi yangiliklar, voqealar, kutilayotgan bozor ta’sirlari va prognozlardan xabardor bo‘lib turing.
Indikatorlar & tahliliy obyekt vositalari
Savdo platformasida moliyaviy instrumentlar bilan savdo qilayotganda 38 ta ichki indikatorlar, 22 ta tahliliy vositalar va 46 ta grafik obyektlar bilan savdo tajribangizni oshiring.
Mobil savdo va MetaTrader 5
Savdo terminali faqat Windows, macOS va Linux bilan ishlaydigan kompyuterlar uchun emas. Tig'iz jadvalga ega treyderlar iOS va Android smartfonlari va planshetlarida ham mobil savdo qilishlari mumkin. Barcha zarur savdo vositalari bilan jihozlangan ushbu platformada savdo orderlari, interaktiv grafiklar va mashhur tahliliy vositalar mavjud. Siz hisobingizni kuzatib borishingiz va bitta bosish bilan mobil savdo qilishingiz mumkin.
MT5’da nimalar bilan savdo qilishingiz mumkin
Exness’da siz 200 dan ortiq instrumentlar, jumladan foreks, valyuta juftliklari, metallar, kriptovalyutalar, aksiyalar, indekslar va energiya resurslari bo‘yicha CFD savdolaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Foreks
Exness’ning MT5 platformasida CFD savdosi uchun 100 dan ortiq valyuta juftliklari mavjud. Biz EURUSD, GBPUSD, USDJPY kabi asosiy valyuta juftliklarini va kichik valyuta juftliklarini taklif qilamiz. Shuningdek, siz uchun ekzotik juftliklarning uzun ro‘yxati ham mavjud.
BatafsilMetallar
Exness’ning MT5 platformasida siz metallarni valyuta juftliklari ko‘rinishida CFD savdosi orqali savdo qilishingiz mumkin, jumladan oltin uchun XAUUSD, XAUEUR, XAUGBP va XAUAUD, kumush uchun esa XAGUSD, XAGEUR, XAGGBP va XAGAUD. Siz shuningdek, platina (XPT) va palladiy (XPD) uchun ham valyuta juftliklarida savdo qilishingiz mumkin.
BatafsilEnergiya resurslari
Exness’ning MT5 platformasida portfelingizni xedjlang va bozordagi sharoitlardan yaxshiroq sharoitlar bilan brent nefti (UKOIL), neft (USOIL) va tabiiy gaz (XNGUSD) kabi mashhur energiya resurslari bo‘yicha CFD savdosini amalga oshiring.
BatafsilAksiyalar
Exness’ning MT5 platformasida savdo qilayotganda katta tanlovdagi aksiyalar bo‘yicha CFD savdosidan bahramand bo‘ling. Texnologiya (APPL, META), iste'mol mahsulotlari (TSLA), iste'mol tovarlari (KO) va boshqa sanoatlardagi aksiyalar bo‘yicha CFD savdosini amalga oshiring.
BatafsilIndekslar
Portfelingizni diversifikatsiya qiling va Exness’ning MT5 platformasida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Xitoyning yirik fond indekslari bo‘yicha CFD savdosini amalga oshiring. Dow Jones, NASDAQ, FTSE 100 va NIKKEI 225 kabi mashhur global indekslarga kirish imkoniga ega bo‘ling.
BatafsilKriptovalyutalar
Siz MetaTrader 5 platformasida eng mashhur kriptovalyuta juftliklarini savdo qilishingiz mumkin. Bular Bitcoin va Ethereum bo‘yicha CFD savdolarini o‘z ichiga oladi, Bitcoin BTCUSD, BTCKRW, BTCJPY va boshqalar ko‘rinishida mavjud.
BatafsilNega Exness
Bozordan ustun shartlar, noyob funksiyalar va ilg‘or xavfsizlik bularning barchasi ochiqlik va mukammal xizmat bilan uyg‘unlashib, treyderlarning Exness’ni tanlashiga asos bo‘lmoqda.
Eng tezkor yechib olishlar
Mablagʻlaringizni nazorat qiling. Shunchaki oʻzingizga qulay toʻlov usulini tanlang va yechib olish soʻrovini yuboring. Toʻlov usuliga koʻra 98% yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi.¹
Juda tezkor ijro vaqti
Yuqori taʼsirli yangiliklar davrida 4 barobar barqaror boʻlgan spredlar bilan bozorlarda eng aniq ijroni oling.
Stop Out himoyasi
Volatillikni ustunlik bilan savdo qiling. Maxsus Stop Out Himoyasi funksiyasi bilan oʻzgaruvchan bozorlarda stop out'larni kechiktiring yoki oldini oling.
MetaTrader 5'ni yuklab oling
Eng mashhur platforma bilan hech qanday yo'qotishlarsiz savdo qiling.
- Exness'da 98% yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi. Qayta ishlash vaqti tanlangan toʻlov usuliga koʻra farq qilishi mumkin.